DIFTERIYA (Yunoncha diptherien — parda, et), bo’g’ma — asosan hiqildoq, tomoq shilliq pardalarining yallig’lanishi va a’zolarning zararlanishi bilan kechadigan o’tkir infektsion kasallik. Kasallik qo’zg’atuvchisi kirgan joyni zich parda bosishi va umuman organizmning og’ir zaharlanishi (intoksikasiya) bilan kechadi. Difteriya bilan ko’proq bolalar kasallanadi. Kasallik qo’zg’atuvchisini birinchi bo’lib nemis olimlaridan E. Klebs va F. Lefler aniqlagan (1883— 84). Difteriyani difteriya tayoqchasi yoki Lefler tayoqchasi (uni tasvirlagan olim nomi bilan ataladi) qo’zg’atadi. U atrof muhit ta’siriga ancha chidamli: bemor tutgan buyumlar (idishtovoq, kitob, o’yinchoq, kiyim-kechak va boshqalar) da bir necha hafta saqlanishi mumkin, ammo oftobda va dezinfektsiyalovchi moddalar ta’sirida tezda o’ladi. Kasallik asosan bemordan yuqadi, u butun kasallik davomida va, hatto, sog’ayib ketganidan keyin ham bir qancha vaktgacha atrofdagilar uchun xavfli hisoblanadi. Bemor yo’talganda, aksirganda, so’zlashganda Difteriya mikroblari so’lak, shilimshiq, balg’am tomchilari bilan havoga chiqadi. Sog’lom odam shunday havodan nafas olganida unga kasallik yukadi. Bakteriya tashuvchi kishi ham kasallik manbai bo’lishi mumkin. Difteriya tayoqchasi ko’pincha burunhalqum, tomoq va yuqori nafas yo’llari (qiqildoq, traxeyani) zararlantiradi. Difteriya tayoqchasi shilliq pardaga o’rnashib oladi va o’zidan toksin (zahar) ajratadi, u qon va limfa bilan butun organizmga tarqaladi. Difteriya toksini shilliq pardani yallig’lantirib, unda zich parda — qarash hosil qiladi. Difteriya tayoqchasining o’rnashgan joyiga va ko’payishiga qarab tomoq, burun, hiqildoq, ko’z, tashqi jinsiy a’zolar va teri Difteriyasi kuzatiladi. Kasallikning inkubatsion davri 2-10 kun. Tomoq Difteriyasi holsizlanish va haroratning ko’tarilishi (38-39°) bilan boshlanadi. Tomoq og’rib jag’osti limfa tugunlari shishadi; tomoq shilliq pardasi qizaradi, murtak bezlari va yumshoq tanglay oq yoki kulrang parda bilan qoplanadi. Difteriyaning toksinli shakli ham rivojlanishi mumkin, u tez avj oladi; temperatura 40° gacha ko’tariladi, yutinganda tomoq qattiq og’riydi, bemor qayta-qayta qusadi. Umuman darmonsizlanadi, bo’shashadi, yurak urishi tezlashadi, rangi siniqadi. Jag’ osti limfa tugunlari sohasidagi teri osti kletchatkalari shishadi va u bo’yinga, ba’zan ko’krak qafasiga tarqaladi. Tomoq shishi Difteriyaning ilk belgisi bo’lib, bunda murtak bezlari va yumshoq tanglay to’qimalari bir-biriga deyarli jips yopishadi. Pardali karash tanglay, burun halqumni qoplab olib, bemor xirillab nafas olishga majbur bo’ladi, og’zini sal ochib yuradi, keyinroq burundan ko’p shilimshiq keladi. Burun Difteriyasi uzoq davom etadigan tumov bilan kechadi, ko’pincha burunning bir tomoni bitib, qon aralash shilimshiq keladi. Jarayon sust kechib, uzoqqa cho’zilganida bir talay Difteriya tayoqchalari chiqib, tevarak atrofdagilarga jiddiy xavf tug’diradi. Hiqildoq Difteriyasi asosan go’dak bolalarda uchraydi; bola xirillab yo’taladi, ovozi bo’g’iladi, nafas olishi qiyinlashadi, hiqildog’i shishadi, ovoz boylamlari tortishadi (spazm). Difteriyaga boshqa kasalliklar (qizamik, skarlatina) qo’shilganda kasallik ayniqsa og’ir o’tadi. Difteriya toksini ko’pchilik a’zolarga ta’sir etib, og’ir asoratlar — buyrak, yurak, nervlarning zararlanishiga olib keladi. Aksari o’pka yallig’lanishi — zotiljam kuzatiladi. Davosi. Difteriyaga qarshi zardob yuborish yaxshi naf beradi, chunki zardob difteriya toksinini zararsizlantiradi. Oldini olish. Difteriya bilan og’rigan bemorni o’z vaqtida kasalxonaga yotqizish kerak. O’zbekistonda hamma sog’lom bolalar majburiy tartibda 2 oylikdan tortib 12 yoshgacha emlanadi. Bolalar muassasalari yoki oziq-ovqat korxonalarida ishlaydigan xodimlarning tomog’idan va burnidan shilimshiq olib, bakteriologik tekshiruvdan o’tkaziladi. Yasli, bog’chaga qatnaydigan bolalar ham shu usulda tekshiriladi. Bakteriya tashuvchilar bolalar muassasalariga ishga qo’yilmaydi va bakteriya tashuvchilikka ikki marta tekshiruvdan o’tib yaxshi natija olingandan keyingina ishga qaytadan ruxsat beriladi. Sof havoda bo’lish, xonani yaxshilab shamollatib turish, vrach ko’rsatmasiga muvofiq dorilar qabul qilish bakteriya tashuvchilikni tezroq bartaraf etishga yordam beradi. Bola angina bo’lganda darhol vrachga ko’rsatish zarur. Aks holda Difteriyani payqamay zardob yuborish vaqtini o’tkazib yuborib, bola hayotini xavf ostida qoldirish mumkin. Ad.: Xo’jayev Sh. X., Difteriya, T., 1993. Shonosir Shovahobov.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Sun'iy intellekt javobi:
Difteriya haqida batafsil ma’lumot
Difteriya nima?
Difteriya — Streptococcus guruhiga kiruvchi Corynebacterium diphtheriae bakteriyasi orqali yuqadigan yuqumli kasallik. Bu kasallik asosan nafas yo‘llari, ayniqsa tomoq va burun shilliq qavatida rivojlanadi, lekin ba’zida teri va boshqa organlarda ham uchrashi mumkin. Difteriya jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin, shuning uchun vaqtida davolash muhimdir.
Kasallikning sabablari
Difteriyaga Corynebacterium diphtheriae bakteriyasi sababchi bo‘lib, u toksin (zaharli modda) ishlab chiqaradi. Bu toksin organizmning hujayralariga zarar yetkazadi, ayniqsa yurak va asab tizimiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Qanday yuqadi?
Kasallik asosan havo-tomchi yo‘li bilan tarqaladi — bemor aksirganida yoki yo‘talganida organizmdan chiqadigan mayda tomchilar orqali. Shuningdek, kasal insonning shilliq qavatlari yoki terisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada bo‘lganida ham yuqishi mumkin.
Belgilar va alomatlar
Difteriyaning dastlabki belgilariga quyidagilar kiradi:
Qattiq bo‘g‘imlar va tomoqda yallig‘lanish
Tomoqda qattiq va quruq og‘riq, og‘iz ochish qiyinlashadi
Ovoz qisilishi yoki yo‘qolishi
Harorat ko‘tarilishi (harorat ko‘pincha yuqori bo‘ladi)
Nafas olishda qiyinchilik
Og‘iz va tomoqda sariqkulrang yoki kulrang plyonka paydo bo‘lishi (bu difteriyaning xarakterli belgilaridan biridir)
Bolalar va kattalarda umumiy holsizlik, charchoq
Difteriyaning asoratlari
Agar vaqtida va to‘g‘ri davolanmasa, difteriya quyidagi og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin:
Yurak mushagining yallig‘lanishi (miokardit)
Asab tizimining shikastlanishi, shu jumladan nervlarning ish faoliyati buzilishi
Nafas yo‘llarining torayishi va nafas olishning qiyinlashuvi
Qon zaxarlanishi (sepsis)
O‘lim xavfi, ayniqsa bolalar va keksa odamlar orasida
Difteriya antisera (antitoksin) — toksinni neytrallashtirish uchun qo‘llaniladi
Antibiotiklar (masalan, eritromitsin yoki penitsillin) — bakteriyalarning o‘sishiga to‘sqinlik qiladi
Simptomatik davolash — isitmani tushirish, og‘riqni yo‘qotish va nafas olishni yengillashtirish uchun
Kasal odamni alohida xona yoki maxsus sharoitda davolash, infektsiyani tarqalishini oldini olish uchun
Oldini olish
Difteriyaning asosiy oldini olish usuli — vaksina (emlash).
Emlash bolalikda birinchi marta 2, 4, 6 oylikda qo‘llaniladi va keyinchalik doimiy immunitet uchun revaksinatsiya qilinadi.
Vaksina difteriyaga qarshi immunitet hosil qiladi va og‘ir kasallikdan himoya qiladi.
Shuningdek, gigiena qoidalariga rioya qilish, kasallik tarqalishining oldini olishda muhimdir.
Xulosa
Difteriya og‘ir kechadigan va hatto o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan yuqumli kasallik hisoblanadi. Biroq, zamonaviy tibbiyotning yordami va emlash orqali bu kasallikdan muvaffaqiyatli himoyalanish mumkin. Agar tomoqda og‘riq, harorat ko‘tarilishi va og‘izda plyonka paydo bo‘lsa, tezda shifokorga murojaat qilish kerak.
Agar sizga yanada batafsil ma’lumot yoki ma’lum bir savol bo‘yicha tushuntirish kerak bo‘lsa, so‘rashingiz mumkin!
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish