DIFRAKTSION PANJARA
DIFRAKTSION PANJARA – optik asbob; noshaffof ekranga qilingan ko’p sonli parallel tirqishlar yoki o’zaro bir xil masofada joylashgan ko’zgusimon yo’llar (shtrixlar) majmui; ularda yorug’lik difraktsiyasi hodisasi sodir bo’ladi. Difraktsion panjara o’ziga tushayotgan yorug’lik nurlarini spektrlarga ajratadi. Difraktsion panjaraning muntazam va nomuntazam xillari mavjud. Tirqishlari tartibsiz bo’lgan xili nomuntazam, tartib bilan joylashtirilgan xili muntazam Difraktsion panjara deyiladi. Optikada nomuntazam Difraktsion panjaraning amaliy ahamiyati yo’q. Muntazam Difraktsion panjara yassi yoki sferik sirtga bir xil shaklda (teng oraliqda) chizilgan chiziqlar to’plami bo’lib, chiziqlar oralig’ida Difraktsion panjara davri deyiladi. Difraktsion panjaraga tik tushayotgan yoruglik nurlari har qaysi tirqishda f burchakka sinadi, natijada nurlar yo’li farqi d-simp hosil bo’ladi. Ba’zi tabiiy kristallar ham rentgen nurlarini tahlil qilish uchun muntazam Difraktsion panjara sifatida ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz