DIFENILOKSID
DIFENILOKSID, difenil-efir (S6N5)2O — rangsiz kristall modda. Molokelyar modda 170,21. Suyuqlanish temperaturasi 28-29°, qaynash temperaturasi 259,3°; zichligi 1075 kg/m3. Suvda deyarli erimaydi, benzol, muz holdagi sirka kislota, etanolda yaxshi eriydi. S6N5S1 bilan C6H5Ona ni mis ishtirokida qizdirish orqali olinadi. Past temperatuada suyuqlanishi, termik va kimyoviy barqarorligi sababli Difeniloksidning difenil bilan aralashmasi (difenil aralashmasi, dinil, dauterm A) yoki naftalin bilan aralashmasi (dauterm V) issiqlik o’tkazuvchi modda sifatida ishlatiladi. Difeniloksid xushbo’y modda sifatida ham qo’llaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz