DIEN UGLEVODORODLAR



DIEN UGLEVODORODLAR, dienlar, diolefinlar — ikkita qo’shbog’li to’yinmagan uglevodorodlar. Dien uglevodorodlar molekulasidagi qo’shbog’larning o’zaro joylashuviga qarab uch xil bo’ladi: 1) ayrim qo’shbog’li Dien uglevodorodlar, masalan, pentadien -1,4; kimyoviy xossalari jihatdan olefinlarga o’xshaydi; 2) zich (kumulyatsiyalangan) qo’shbog’li Dien uglevodorodlar, Allenlar sinfi shulardan iborat; 3) qo’shbog’lari oralangan (oddiy bog’vositali) Dien uglevodorodlar. Dien uglevodorodlar etilen qatori uglevodorodlarining barcha xossalarini namoyon qiladi. Dien uglevodorodlar olishning umumiy usullari: glikollar va to’yinmagan spirtlar degidratasiyasi, ikki atomli galoid birikmalardan galogen vodorodlar tortib olish reaktsiyasi va boshqalar. Dien uglevodorodlar poliamid tolalar, plastifikatorlar, lok, dori, sintetik kauchuk va boshqa ishlab chiqarishda asosiy xom ashyodir.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz