DIEN SINTEZI



DIEN SINTEZI – qo’shbog’lari oralangan dien uglevodorod (dien) larning 1,4 uglerod atomiga to’yinmagan birikmalar biriktirish reaktsiyasi. Dien sintezi natijasida boshlang’ich dienning ikkinchi va uchinchi uglerod atomlari o’rtasida qo’shbog’bo’lgan olti a’zoli tsikllar vujudga keladi. Dien vazifasini geterosiklik birikmalar, masalan, furan bajarishi mumkin. Dien sintezi 1928 yilda organik-kimyogarlar O. Dils va K. Alderlar tomonidan kashf etilgan. Dien sintezi yordamida boshqa usullar bilan olinishi qiyin bo’lgan polisiklik birikmalar (masalan, steroid lar, D vitamin), insektisidlar va boshqa moddalar sintez qilinadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz