DIELEKTRIK ANTENNA



DIELEKTRIK ANTENNA – dielektrik sterjen va koaksial kabel (sirtiga metall sim qoplangan kabel) dan yasalgan antenna. Radioto’lqinlarni uzatishda sterjen o’qi bo’ylab elektromagnit to’lqinlar tarqaladi. Sterjen sirtida fazalari yuguruvchi to’lqin qonuni bo’yicha o’zgaradigan elektr va magnit maydonlardan iborat tangensial tashkil etuvchilar vujudga keladi. Dielektrik antenna ko’pincha uchish apparatlarining santimetrli va desimetrli to’lqinlarda ishlaydigan radioqurilmalarida qo’llaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz