DIB MUHAMMAD



DIB MUHAMMAD (1920.21.7, Tlemsen, Jazoir) — Jazoir yozuvchisi. Frantsuz tilida ijod qiladi. Vatanparvarlik ruhidagi “Jazoir” (1952-57) realistik trilogiyasida ijtimoiy va milliy ozodlik kurashchilari obrazi yaratilgan. “Qirol raqsi” (1968) va “Hobil” (1977) romanlari modernizm ruhida. Mustaqil Jazoirdagi ijtimoiy o’zgarishlar “ov sohibi” (1973) romanida aks etgan. Bir qancha she’riy to’plamlari bor. “Jazoir mening Vatanim!”pesasi Toshkentdagi Hamza teatrida sahnalashtirilgan (1957), “katta xonadon” romani o’zbek tiliga tarjima qilingan (1962).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz