DIAZOBIRIKMALAR
DIAZOBIRIKMALAR – diazoguruhli organik moddalar. Faqat bir organik radikal bilan bog’langan ikki atom azot diazoguruh deb ataladi. “Diazobirikmalar” termini turli birikmalar turkumiga taallukli. Diazobirikmalar alifatik va aromatik Diazobirikmalarga bo’linadi. Alifatik Diazobirikmalar qizdirilganda, ultrabinafsha nurlar va kislotalar ta’sir ettirilganda parchalanadi, shuningdek, katalizator (mis va uning tuzlari) ishtirokida karbenlar hosil qiladi. Diazometan va diazosirka efiri alifatik Diazobirikmalarga misol bo’la oladi. Aromatik Diazobirikmalar beqaror, quruq, portlovchi, reaktsiyaga kirishuvchan modda, ishqorlar ta’sirida diazotatlar hosil qiladi. Aromatik Diazobirikmalar azo-bo’yoqlar olishda, diazotipiyada ishlatiladi. Alifatik Diazobirikmalar — alkillovchi moddalardir.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz