DIAXRONIYA
DIAXRONIYA (dia… va Yunoncha chronos — vaqt, zamon) — til tizimining lingvistik tadqiqot manbai sifatidagi tarixiy taraqqiyoti, til taraqqiyotini vaqt nuqtai nazaridan o’rganish. Tilshunoslikda Diaxroniya tushunchasi sinxroniyata qarama-qarshi qo’yiladi. Diaxronik lingvistika ba’zan qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, 20-asrdan boshlab tarixiy fonetika bilan aynan bir narsa deb karaldi. Keyinchalik uning tadqiqot ob’yekti sifatida tildagi o’zgarishlarni, bu o’zgarishlarning sabablarini, paydo bo’lish davrini o’rganish nazarda tutildi. 20-asr 2-yarmida diaxronik yondashish, til tarixini davrlarga bo’lib o’rganish bilan bog’liq sof tarixiy yo’nalishdan farqli o’laroq, til tizimida sodir bo’ladigan diaxronik o’zgarishlarni, tilning tizim sifatidagi taraqqiyoti qonuniyatlarini o’rganishga qaratildi. Diaxroniya til faoliyati xususiyatlarini zamonda, jumladan, sinxroniyada bilishga imkon beruvchi vosita bo’lib, umuman til nazariyasining muhim qismidir.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz