DIATONIKA
DIATONIKA (dia… va ton) — 1) etti tovushli musiqa tizimi; tovushlari sof kvintalar bo’ylab joylashtirilishi mumkin bo’lgan. Diatonikaning pog’onama-pog’ona izchilligi odatda ton va yarim tonlardan tashkil topadi. Amaliyotda — Sharq, xususan o’zbek musiqasida keng uchraydigan yetti tovushli diatonik tovushqatorlar (umumbashariy nomda): ioniy (tabiiy major), eoliy (tabiiy minor), doriy, frigiy, lidiy, miksolidiy, lokriy. 2) xromatik (o’zgartirilgan) pardalarga ega bo’lmagan musiqa tovushqatori. Tovushlar soni 12 gacha bo’lishi mumkin.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz