DIATERMOKOAGULYATIYA



DIATERMOKOAGULYATIYA (dia… va Yunoncha therme — issiqlik, harorat va lotincha coagulatio — ivish), elektro koagulyatsiya — tirik organizm to’qimalarini maxsus generatorlardan olinadigan yuqori chastotali o’zgaruvchan tok bilan kuydirish; to’qimalarni 80° gacha qizdirib, osqillarni ivitishga asoslangan jarroxlik usuli. Qon ketishini to’xtatishda, odatdagi usullar bilan olib tashlab bo’lmaydigan o’smalar (masalan, teri, hiqildoq o’smalari), bachadon bo’ynining eroziyalari, qovuq yarasi, teri leyshmaniozi, so’gal, tish pulpasining yallig’lanishi va boshqa kasalliklarni davolashda qo’llaniladi. Kuydiriladigan to’qima yirik tomirlar va nervlar yonginasida bo’lsa, Diatermokoagulyatiyani tatbiq etish yaramaydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz