DIAMAGNETIZM (dua… va magnetizm) — tashqi magnit maydoniga joylashtirilgan moddada shu maydon induktsiyasi vektoriga qarama-qarshi yo’nalishda magnitlanganlik vujudga kelishi. Diamagnetizm hodisasi hamma moddalarda sodir bo’ladi, lekin u bir vaqtning o’zida kuzatiladigan paramagnetizm yoki ferromagnetizm hodisalariga nisbatan sezilmasligi mumkin.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish