DIALEKTIKA [Yunoncha dialektike (techne) —suhbat olib borish, bahslashish san’ati] — borliqning vujudga kelishi, uning taraqqiyoti haqidagi falsafiy ta’limot hamda voqelikni bilish va unga asoslangan tafakkur uslubi. “Dialektika” tushunchasi falsafa tarixida dastlab hozirgi ma’nosidan boshqacha tushunilgan. Yunon falsafasida Dialektika muxolifning muhokamasidagi ziddiyatlarni ochib tashlash, munozara orqali haqiqatni topish san’atini anglatgan. Keyinchalik bu usul tabiat hodisalariga tatbiq etila boshlagan, bilish uslubiga aylangan. Dialektik tafakkur voqelikni bilish jarayoni sifatida inson, jamiyat bilan bog’liklikda paydo bo’lgan. Voqelikni bilish va uni inson manfaatlari yo’lida o’zgartirishning dialektik uslubini anglashga intilish qadimgi zamonlarga borib taqaladi. Bu intilish dastlab Sharqda paydo bo’lib, antik davrda o’z takomiliga etgan. Falsafa tarixida Dialektika turlicha talqin qilingan. “Dialektika” so’zi ilk bor Sokrat (Suqrot) tomonidan qo’llanilgan. U Dialektikani bir-biriga zid, qarama-qarshi fikrlar to’qnashuvi orqali haqiqatni topish san’ati deb bilgan. Geraklit ijodida Dialektika o’zining antik davrdagi eng yorqin ko’rinishiga ega bo’ldi. Geraklit fikricha, Dialektika — muttasil harakatdagi olam ichki jihatdan ziddiyatli va u doimiy vujudga kelish, rivojlanish hamda tanazzulga yuz tutish — qarama-qarshiliklar birligidan iborat. Mazkur davrda Geraklit va boshqa yunon faylasuflari ta’limotlari negizida sofistlarning salbiy tusdagi Dialektikasi vujudga keladi. Sofistlar haqiqatni borliq Dialektikasidan emas, bahslar olami, ruhiyatidan axtarib, ziddiyatli inson tafakkurini harakatga keltirdilar, oxir-oqibatda bilish faqat nisbiy, gumoniy, taxmin ekanligini e’tirof etishgacha borib etdilar. O’rta asrlardan 18-asrgacha Dialektika oddiy (maktabda o’qitiladigan) mantiq ilmi sifatida tushunib kelindi. Platon Dialektikani narsalarning ideal mohiyatini bilish maqsadida tushunchalarni bo’lak-bo’laklarga ajratish, so’ng bir-biri bilan o’zaro bog’lash uslubi deb hisoblagan. Kuzalik Nikolay, J. Bruno Dialektikani qarama-qarshiliklarning mos kelishi haqidagi ta’limot deb ta’kidlashgan. Kantnit fikricha, Dialektika voqelikni tajriba, hissiy bilimlar orqali emas, balki sof tafakkur asosida bilishga intiladi. Gegel Dialektikani borliq, ruh va tarix taraqqiyotining ziddiyatlarini anglashning umumiy uslubi deb bildi. Falsafa tarixida Dialektikaning 3 ta asosiy shakli tarkib topdi: 1) qadimgi dunyodagi ilk, stixiyali, sodda Dialektika (Geraklit, Platon va boshqalar); 2) nemis mumtoz idealistik (xususan, Gegel) falsafasi; 3) K. Marks va F. Engels asos solgan materialistik D. K. Marks, F. Engels va xususan, V.I. Lenin Dialektikani vokelikni bilish va uni inqilobiy o’zgartirish qaqidagi ta’limot hamda buning tegishli uslubi deb hisobladilar. Marksistik utopiya Dialektika qonunlarida insoniyatning yalpi baxt-saodatga borish kafolatini ko’radi. 20-asr G’arb falsafasida Dialektika neogegelchilik, ekzistentsializm, diniy falsafaning turli oqimlarida rivojlandi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Sun'iy intellekt javobi:
Dialektika — bu falsafaning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, u jarayonlarni, hodisalarni yoki tushunchalarni qarama-qarshi tomonlar o‘zaro ta’sirida, ziddiyat va ularning yechimi orqali rivojlanishini o‘rganadi. Dialektika atamasi yunoncha "dialegesthai" so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, "munozara qilmoq", "engashmoq" degan ma'noni anglatadi.
Dialektikaning mohiyati va asosiy tamoyillari
Dialektika dunyoni harakat va o‘zgarish, taraqqiyot vositasi sifatida ko‘radi. U mavjudlikdagi barcha narsalar doimiy ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar orqali rivojlanadi deb hisoblaydi. Dialektikaning asosiy elementlari quyidagilardan iborat:
Ziddiyat (qarama-qarshilik)
Har qanday predmet yoki hodisaning ichida u ikki yoki undan ortiq qarama-qarshi tomonlarga ega. Bu ziddiyatlar rivojlanishning asosiy harakatlantiruvchi kuchidir.
Harakat va o‘zgarish
Dialektika hamma narsaning doimo harakatda va o‘zgarishda ekanini ta’kidlaydi. Hech narsa to‘xtab qolmaydi, hamma narsada uzluksiz rivojlanish jarayoni bor.
Inkor etish (negarivniya) va rivojlanish
Eskining inkor etilishi orqali yangi sifat va sifatlar paydo bo‘ladi. Bu jarayon taraqqiyotga olib keladi.
Birlik va kurash
Qarama-qarshiliklar bir-birlari bilan kurashda, bir vaqtning o‘zida esa birligi va bog‘lanishida mavjud bo‘ladi.
Dialektikaning tarixi
Dialektika qadimiy Yunonistonda ham falsafiy muhokamalar markazida edi. Sokrat, Platon va Aristotel dialektikani fikr almashish, savol-javob orqali haqiqatga yetishish usuli sifatida ko‘rganlar. Keyinchalik Germaniya idealizmi (Gegel) dialektikani yanada rivojlantirib, uni tafakkur va haqiqatning o‘zgaruvchan va ziddiyatli tabiatini tushunish vositasi sifatida ko‘rsatdi.
Marx va Engels dialektikani tarixiy materializm doirasida keng qo‘llab, ijtimoiy va iqtisodiy tizimlarning rivojlanishini ziddiyatli jarayon sifatida tahlil qilishdi. Ularning fikricha, jamiyat rivojlanishi sinflar ziddiyatlari va ishlab chiqarish munosabatlarining o‘zgarishi orqali yuz beradi.
Dialektikaning ahamiyati
Dialektika hayot va tabiat jarayonlarini chuqurroq tushunishga yordam beradi. U qarama-qarshiliklarni faqat muammo sifatida emas, balki rivojlanish imkoniyati sifatida ko‘radi. Shuningdek, dialektik fikrlash tizimlarni, hodisalarni yaxlit va doimiy o‘zgarish kontekstida tushunish imkoniyatini yaratadi.
Dialektikaning amaliy qo‘llanilishi
Falsafada: tafakkurni rivojlantirish, ilmiy fikrni chuqurlashtirish uchun;
Sotsiologiya va tarixda: jamiyatlar taraqqiyotini o‘rganishda;
Tabiatshunoslikda: tabiat jarayonlari o‘zgarishini izohlashda;
Ijtimoiy-siyosiy sohalarda: ijtimoiy muammolarni yechishda, qarama-qarshiliklarni hal etishda.
Agar ushbu mavzu bo‘yicha yanada batafsil yoki ma’lum bir yo‘nalishga oid ma’lumot kerak bo‘lsa, iltimos, murojaat qiling!
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish