DIAKRITIK BELGILAR



DIAKRITIK BELGILAR (Yunoncha diakritikos — farqlovchi, farqlashga xizmat qiluvchi) — satrlar ustiga yoki ostiga, kamdan-kam hollarda ichiga qo’yiladigan, harflarga asoslangan yozuvlarda ishlatiladigan belgilar. Diakritik belgilar ayrim belgi — harf mohiyatini o’zgartirish yoki uni aniqlashga xizmat qiladi. Diakritik belgilarning kuyidagi turlari farqlanadi: a) harfga yangicha funktsiya yuklaydigan belgilar (masalan, o’zbek kirill alifbosidagi — y, yo, g’, q, va boshqalar, o’zbek lotin alifbosidagi —o’ (o’), ya(q) va boshqalar); b) tovushning variantlarini ifodalovchi belgilar (masalan, Fransuzcha yo, yo, yo, bular yana ma’no farqlash xususiyatiga ham ega). Ayrim Diakritik belgilar harfni ajratib o’qishlikni ko’rsatadi (masalan, Fransuzcha— I). Prosodik Diakritik belgilar harf ifodalovchi tovushning cho’ziq yoki qisqaligini, urg’u va uning turlarini, tonni bildiradi (masalan, Vetnam tilida, Xitoy tili uchun lotin grafikasi asosidagi ba’zi loyihalarda). Diakritik belgilar ba’zi transkripsiyalar tizimida va xalqaro alifbolar loyihalarida katta ahamiyatga ega. Ayni bir xil Diakritik belgilar turli milliy yozuvlarda turlicha funktsiyani bajaradi. Diakritik belgilar eng ko’p uchraydigan tillar — frantsuz, polyak, Chex, portugal, lotin, Litva tillaridir. Turkiy tillarda, xususan, o’zbek tilida ham Diakritik belgilar mavjud. Diakritik belgilar Arab yo’zuvida ham keng qo’llanadi, bularning ahamiyati ayniqsa turli Arab va boshqa musulmon mamlakatlarda Qur’oni Karimni tilovat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi, ya’ni bir xil o’qilishini ta’minlaydi. Araf alifbosi asosidagi boshqa xalqlar yozuvlari ham bundan mustasno emas (masalan, fors, urdu va boshqa tillarda). Diakritik belgilar hind yozuv tizimlarida ham uchraydi, bularda dimoqda hosil bo’ladigan undoshlarni farqlaydi, shuningdek, cho’ziqlik va qisqalikni ko’rsatadi (masalan, “i” va “Ji). Ba’zi olimlar som (Arab, yahudiy) tillarida ham Diakritik belgilar mavjud deb ta’kidlaydilar, bunda unli tovushlar undoshlar ostiga nuqta va chiziqcha qo’yish bilan anglashiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Sun'iy intellekt javobi:

Diakritik belgilar — bu harflarga qo‘shiladigan kichik belgilar bo‘lib, ular tovush yoki ma’noni aniqroq ifodalash uchun ishlatiladi. Diakritik belgilar harflarning talaffuzini, urg‘usini yoki ma’nosini o‘zgartiradi. Ular dilda yozma ravishda fonetik farqlarni ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega.

Diakritik belgilar haqida umumiy ma’lumot

O‘zbek tilidagi diakritik belgilar

O‘zbek alifbosida ham ba’zi diakritik belgilar mavjud, ular quyidagilar:

Diakritik belgilar turlari

Diakritik belgilar ko‘plab turlarga bo‘linadi, shu jumladan:

Diakritik belgilar ahamiyati

Xulosa

Diakritik belgilar dunyo miqyosida turli tillarda talaffuz va ma’noni to‘g‘ri ifodalashda muhim vosita hisoblanadi. O‘zbek tilida esa apostrof belgisi diakritik belgi sifatida ishlatilib, maxsus tovushlarni ko‘rsatadi. Shu sababli, ularni yozuvda to‘g‘ri qo‘llash lug‘at va talaffuzning aniq bo‘lishida muhim ahamiyatga ega.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz