DIAGRAMMA (Yunoncha diagramma — chizma, rasm, shakl) — muayyan miqdorlar (temperatura, bosim va boshqalar) o’rtasidagi bog’lanishni grafik tarzda ifodalash (yaqqol ko’rsatish) usullaridan biri. Masalan, statistikada ma’lumotlarni geometrik shakllar (tekisliklar, chiziqlar, doiralar va boshqalar) yordamida ifodalovchi chizmalar majmui. Diagrammada o’lchov birligi (foiz, kilogramm, gramm va boshqalar) miqdorning turiga qarab tanlanadi. Masalan, og’irlik (massa) tonna, kilogramm, grammlarda, temperatura gradus (daraja) orqali ifodalanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish