DIADOXLAR



DIADOXLAR (Yunoncha, diadochos — voris, merosxo’r) — Aleksandrning yirik lashkarboshi va safdoshlari. Uning vafotidan so’ng oliy hokimiyatni egallash va imperiyani bo’lib olish uchun kurash olib borishgan. Diadoxlar orasida Perdikka, Antipatr, Krater, Evmen, Polisperxont, Kassandr, Antigon, Demetriy Poliorket, Lisimax, Selevk I Nikator, Ptolemey kabilar mashhur bo’lgan. Miloddan avvalgi 301 yildagi IPS jangi Diadoxlar o’rtasidagi kurashning yuqori cho’qqisi bo’lgan. Ushbu jangdan so’ng Aleksandr saltanati tanazzuli boshlanib, miloddan avvalgi 3-asrning 80-yillarida bir qancha mustaqil ellinistik davlatlar (Suriya va Osiyoning boshqa qismlarida barpo etilgan Salavkiylar davlati, Misrda Ptolemeylar, Makedoniya va Yunonistonda Antigon va uning avlodlari bosh bo’lgan davlat) ga bo’linib ketgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz