DEZOKSIRIBONUKLEIN KISLOTA



DEZOKSIRIBONUKLEIN KISLOTA (DNK) — nuklein kislopshparnnng bir turi. Tarkibida dezoksiriboza, azot asoslaridan adenin (A), guanin (g), tsitozin (Ts) va timin (T) hamda fosfat kislota bo’ladi. Barcha tirik organ izmlar hujayrasida uchraydi va ko’pchilik viruslar tarkibiga kiradi. Tirik organizmlarda irsiy belgilarni saklash va nasldan-naslga o’tkazish vazifasini bajaradi. DNK ning nukleotidli tarkibi, ya’ni uning birlamchi strukturasi xar bir organizm uchun o’ziga xos va qat’iy individual bo’lib, biologik informasiyaning kod shaklda yozilishidir. DNK ning genetik ahamiyatini dastlab O. Everi shogirdlari bilan birga aniqlagan (1944, AQSh). DNK tarkibidagi nukleotidlarning o’zaro munosabati ma’lum qonuniyatlarga bo’ysunadi. Bu qonuniyatlar E. Chargaff (AQSh) tomonidan aniklangan (1950). Bu qoidaga asosan DNK dagi purin asoslarining yig’indisi pirimidin asoslarining yig’indisiga teng bo’lib, bunda A ning miqdori T miqdoriga va G ning miqdori Ts miqdoriga teng. Mazkur qoidalarga asoslanib D. Uotson va F. Krik DNK ning strukturaviy modelini kashf etishdi (1953). Bu modelga ko’ra, DNK molekulasi qo’sh spiral hosil qiluvchi ikkita polinukleotid zanjirdan tashkil topgan va har ikkala zanjir bir umumiy o’qqa ega. Zanjirning bir o’rami orasidagi masofa 34 A ga teng va 10 ta nukleotid qoldig’idan tashkil topgan (V-shakl). Polinukleotid zanjirlarning pentozafosfat guruhlari spiralning tashqi tomonida, azot asoslari esa ichki tomonida joylashgan. Polinukleotid zanjirlar bir-biriga nisbatan teskari yo’nalgandir. DNK ning bir zanjiridagi nukleotidlarning ketma-ketligi, ikkinchi zanjirdagi nukleotidlarning ketma-ketligini ta’minlaydi yoki ular komplementar (to’ldiruvchi) hisoblanadi. Komshtementarlik nuklein kislotalarning strukturaviy va funktsional tuzilishida universal printsip hisoblanadi. Ko’pchilik tabiiy DNK molekulalari qo’sh zanjirli va to’g’ri chiziqli holda uchrasada, birok, ular juda katta molekulyar moddaga ega bo’lgan molekulani kichik hamda joylash uchun buklangan, halqa, superspiral va boshqa shakllarni olishi mumkin. Ayrim viruslar DNK si bir zanjirli bo’ladi. Prokariotlar hujayrasida DNK bitta xromosomada mujassamlashgan bo’lib, molekulyar moddasi 10′ dan ortiq va uzunligi taxminan 1 millimetrga teng. Eukariotlar hujayrasidagi DNK asosan yadroda dezoksinukleoprotein (DNP) shaklda bo’lib, xromosoma yoki xromatinning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Yadrodan tashqari DNK mitoxondriy va xloroplast tarkibida ham uchraydi. Abdukarim Zikiryoyev.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz