DEZOKSIRIBONUKLEAZA



DEZOKSIRIBONUKLEAZA (Desoxyribonucleasa) — dezoksiribonuklein kislotalar (DNK) ning gidrolitik parchalanishi — depolimerlanishini tezlatadigan ferment; gidrolazlar sinfiga mansub. Dezoksiribonukleaza me’da osti bezida, tirik organizmning deyarli barcha hujayralarida va mikroorganizmlarda bo’ladi. Me’da osti bezi Dezoksiribonukleazasi yaxshi o’rganilgan. Bu ferment katabolic funktsiyani bajaradi, u ovqatdagi DNK ni ichaklarda oson so’riladigan nukleotidlarga aylantiradi. Undan tashqari, replikasiya va reperasiya (buzilgan DNK strukturasini tiklash) jarayonida qatnashadi. Dezoksiribonukleaza preparati qoramolning me’da osti bezidan tayyorlanadi. Adenoviruslarishnt ko’payishini to’xtatadi va ekssudatning yopishkrkligini kamaytiradi. Adenoviruslar qo’zg’atadigan kasalliklar (kon’yunktivit, keratit, yuqori nafas yo’llarining yallig’lanishi), bronxoektaziya, o’pka abssessi, pnevmoniyada buyuriladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz