DEZOKSIKORTIKOSTERON
DEZOKSIKORTIKOSTERON, Dok, S|2N30O, — biologik faol steroid. Molekulyar moddasi 330,45. Umurtqali hayvonlar buyrak usti bezlarida kortikosteron va aldosteron biosintezida oraliq birikma sifatida hosil bo’ladi. Dezoksikortikosteron va uning sintetik preparatlari (Dezoksikortikosteron atsetat, Dezoksikortikosteron trimetilasetat) organizmda suv-tuz almashinuviga ta’sir etadi: natriy ionlari va suvni tutib qoladi, kaliy ionlari ajralishini tezlashtiradi va tomirlar tonusini barqarorlashtiradi. Miasteniya, gipoxloremiya, buyrak usti bezi pust qavati yetishmovchiligini davolashda qo’llaniladi. Organizmda Dezoksikortikosteron ning ko’p hosil bo’lishi yoki ortiqcha kiritilishi arterial gipertoniya, shish, bo’g’imlar va buyrak yallig’lanishiga olib keladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz