DEZINVAZIYA



DEZINVAZIYA (dez… va lotincha invasion — hujum) — hayvonlarning invasion kasalliklari qo’zg’atuvchilari (gijjalar, ba’zi hasharotlar tuxumi va lichinkalari va boshqalar) ni tashqi muhitda yo’qotish, zararsizlantirish. Veterinariya amaliyotida profilaktik Dezinvaziya dezinfektsiya bilan birgalikda olib boriladi. Joriy Dezinvaziya hayvonlarning navbatdagi degelmintizasiyasidan keyin 3-4 kun oralatib o’tkaziladi. Dezinvaziyada parazitlar tuxum va lichinkalarining rivojlanish muddatlarini, ularning tashqi muhitda, hayvon organizmida saqlanish davrlarini, fizik va kimyoviy ta’sirotlarga chidamliligini va boshqalarni hisobga olish zarur. Binolar va uskuna-jihozlar kimyoviy (so’ndirilmagan ohak, 5% NaOH eritmasi va boshqalar), fizik (kuydirish, qaynatish va boshqalar), mexanik (chiqindilarni to’plab tozalash va zararsizlantirish) usullarida o’tkaziladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz