DEZINTOKSIKATSIYA (dez… va intoksikasiya) — organizmning zaqarlarni suyultirish, neytrallash yoki biror yo’l bilan chiqarib yuborish orqali ularning g’ayritabiiy biologik ta’sirini kamaytirib, tuzilmalar va faoliyatga ko’rsatgan zararini bartaraf etishga qaratilgan reaktsiyalari majmui. Zaharli moddalar va metabolitlarning organizmdan qay darajada chiqishi (qancha, tez yoki suet) shu moddaning fizik-kimyoviy xususiyatlariga bog’liq. Bunda ayniqsa qon, jigar, buyrak, o’pka, me’da-ichak yo’llari hamda organizmning o’ziga xos individual imkoniyatlari katta rol o’ynaydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish