DEZINTEGRATOR



DEZINTEGRATOR (dez… va lotincha integer — butun) — 1) mo’rt materiallarni maydalovchi mashina. Kojux ichiga joylashtirilgan, qaramaqarshi tomonga aylanuvchi vallarga o’rnatilgan ikki diekdan iborat. Material disklardagi barmoklarga urilib maydalanadi. Dezintegrator ko’mir, tuz, oqak, tuproq kabi materiallarni maydalashda ishlatiladi. Dezintegrator qorgich vazifasini ham o’taydi; 2) sanoat gazlarini qattiq yoki suyuq zarralardan tozalaydigan apparat. Gaz Dezintegratori rotoridan purkaladigan suv (yoki boshqa suyuqlik) bilan tozalanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz