DEZINFEKTSIYA STANTSIYALARI



DEZINFEKTSIYA STANTSIYALARI – epidemiyaga qarshi ish olib boradigan sanitariya muassasasi; sanitariya-epidemiologiya stansiyasi (SES)ning bir bo’limi. Dezinfektsiya stansiyalari yuqumli kasallik bilan og’rigan bemorlarni maxsus transportda kasalxonaga olib borib yotqizish, ularning uyi, zarur bo’lsa, atrofidagi joylarni dezinfektsiya qilish, infektsiya o’chog’idan yoki turli muassasalardan keltirilgan kiyim-kechak, ko’rpa-to’shak va hokazolarni dezinfektsiya kameralarida yuqumsizlantirish, davolash-profilaktika muassasalarida kundalik dezinfektsiya o’tkazish, yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida jamoat joylari (yotoqxona, kinoteatr va korxonalar)ni profilaktik dezinfektsiya, dezinsektsiya va deratizasiya qilish kabi ishlarni amalga oshiradi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz