DEZAVUIRLASH
DEZAVUIRLASH (Fransuzcha desavover — rad qilish, ma’qullamaganlikni izhor etish) — xalqaro huquqda o’z vakolatlarini oshirib yuborgan diplomatik yoki boshqa rasmiy vakilning hatti-harakatlari yoxud bayonotlariga davlat yoki hukumat boshlig’ining raddiyasi. Bunda diplomatik vakil topshiriqsiz yoki o’ziga berilgan vakolatlarga xilof ravishda ish kurganligi bayon qilinadi. Bu bilan davlat dezavuirlangan vakilning hatti-harakatlari va ularning siyosiy, xalqaro-huquqiy oqibatlari uchun o’zidan mas’uliyatni soqit qilish maqsadini ko’zlaydi. Dezavuirlangan diplomatik vakil, odatda, o’z hukumati tomonidan chaqirib olinadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz