DEZAKTIVATSIYA (dez… va lotincha activus — ta’sirchan) — radioaktiv zarralar bilan zaharlangan ob’yektlar (suv, oziq-ovqat, kiyim-bosh, tuproq, bino va inshootlar, texnika, qurol-yarog’lar) ni radioaktiv iflosliklardan tozalash; ommaviy shikastlash vositalaridan himoya qilishning bir usuli. Suv maxsus filtrlash (suzish) qurilmalari bilan, texnika maxsus mashinalar va asboblar yordamida yuvuvchi kimyoviy moddalar bilan Dezaktivatsiyalanadi va hokazolar. Dezaktivatsiya samarasi radiometr bilan tekshirib turiladi. Atom elektr stansiyalarida, yadro reaktorlarida falokat yuz berganda, dushman yadro quroli ishlatganda va boshqa favqulodda holatlarda ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish