DEYVIS DENGIZI
DEYVIS DENGIZI – Hind okeanining Antarktida sohillaridagi chekka Janub qismi, 87° va 98° shq. u. oralig’ida. Maydoni 21 ming kilometr kvadrat. Eng chuqur joyi 1369 metr. Yil davomida muzlar bilan qoplanib yotadi. Sho’rligi 33-33,5 %s. Dengiz sohilida Rossiya Federatsiyasining Mirniy stansiyasi joylashgan. Dengiz 1912 yilda Avstraliya ekspeditsiyasi tomonidan ochilgan va kema kapitani J. K. Deyvis nomi bilan atalgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz