DEYTON
DEYTON — AQShning shimoliy-Sharqiy qismidagi shahar, Ogayo shtatida. Aholisi 166,1 ming kishi (2000, shahar atrofi bilan 950 ming kishi). Transport yo’llari tuguni. Xalqaro ahamiyatga ega aeroporti bor. Deyton kassa apparatlari ishlab chiqariladigan eng yirik markaz. Mashinasozlik (jumladan avtomobilsozlik) rivojlangan. Stanoklar, turli hisoblash texnikalari, aviatsiya jihozlari, avtomobil ehtiyot qismlari, oziq-ovqat va poligrafiya sanoati uchun jihozlar, elektr priborlari va boshqa turli sanoat uskunalari ishlab chiqariladi. Metallsozlik, metallurgiya, qog’oz, kimyo, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Plastmassa qayta ishlanadi. Universitet, aeronavtika tadqiqot markazi, AQSh harbiy havo bazasi, aviatsiya muzeyi va boshqa muzeylar bor. Shaharga 1796 yilda asos solingan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz