DEYTERIY
DEYTERIY (Deuterium, Yunoncha deuteros — ikkinchi), Deyteriy yoki ba’zan N2— vodorodning og’ir izotopi. Deyteriy tabiiy vodorod tarkibida oz miqdorda (0,015%) aralashma holida uchraydi. 1932 yilda amerikalik olim G. Yuri topgan. Deyteriy atomi yadrosi (deytron) tarkibida 1 ta proton va 1 ta neytron bo’lib, atom molekulasi odatdagi vodorodnikiga qaraganda 2 baravar ortiq (2,01474). Deyteriyning fizik xossalari oddiy vodorod xossalaridan farq qiladi. Kislorodli birikmasi D2O og’ir Suv deb ataladi. Deyteriy vodorod bombasida termoyadro yonilg’isi sifatida, fan va texnikada “nishonli atom” sifatida, atom reaktorlarida neytron zarralarining tezligini susaytiruvchi modda sifatida ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz