DEYNEKA ALEKSANDR ALEKSANDROVICH
DEYNEKA ALEKSANDR ALEKSANDROVICH [1899.8(20).5, Kursk – 1969.12.6, Moskva] — rus rassomi. Xarkov rassomlik bilim yurtida (1915-17) va Moskva Oliy badiiy texnika ustaxonasida (1920-25) ta’lim olgan. Ijodida davr ruhi, jo’shqin hayot, fidokorona mehnat, sport, lirik mavzular yetakchi o’rin tutadi. Asarlari: “Yangi tsexlar qurilishida” (1926), “Ona” (1932), “Bo’lajak uchuvchilar” (1938), “Sevastopol mudofaasi” (1942) va boshqalar; Moskva metropolitenining “Mayakovskiy” (1938-39) va “Novokuzneskaya” (1943) bekatlari va boshqalarga ishlangan asarlari, koshinlari mashhur.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz