DEYMOS



DEYMOS (Yunoncha deimos — dahshat) — Mars tabiiy yo’ldoshlaridan biri (ikkinchisi Fobos). Amerika astronomi A. Xoll 1877 yilda kashf etgan. Diametri taxminan 15 kilometrga teng. Marsdan uzoqligi 23460 kilometr. Marsning ikkala yo’ldoshi ham unga yaqin joylashgani uchun ularni kuzatish juda qiyin. Ikkala yo’ldosh ham juda kichik (11,6 va 12,8 yulduz kattaligida). Mars yo’ldoshlari uning ekvator tekisligida harakatlanadi. Deymos Mars atrofini 1 sutka 6 soat 17 minutda bir marta tuda aylanib chiqadi. Kosmik apparatlar yordamida olib borilgan tekshirishlar Fobos va Deymosning sirtlari kraterlar bilan qoplanganligini, ularning tashqi ko’rinishi biron-bir geometrik shaklni eslatmasligini ko’rsatdi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz