DEYCH ALEKSANDR IOSIFOVICH



DEYCH ALEKSANDR IOSIFOVICH [1893.2(14).5, Kiyev – 1972.8.4, Moskva] — rus yozuvchisi, adabiyotshunos, tarjimon. Professor (1922), Filologiya fanlari Doktori (1945). Kiyev universitetini tamomlagan (1917). “Jahon adabiyotida don Juan tipi” (1911), “Prometey haqida mif” (1912), “Doktor Faust tarixi”, “Jovanni Bokkachcho” (1913) kabi ilmiy kitoblari, “Amundsen” (1936), “Fritof Nansen” (1936, L. Bat bilan hamkorlikda) va “Taras Shevchenko” (1939) biografik qissalari nashr etilgan. Deych 2-jahon urushi davrida Toshkentda informbyuro vakili bo’lib ishlagan va O’rta Osiyo un-tida dare bergan. Deych faoliyatida o’zbek adabiyoti va san’ati, ayniqsa, Alisher Navoiy, Oybek ijodi yetakchi urin egallaydi. “Alisher Navoiyning g’oyaviy dunyosi”, (1968; Oybek bilan hamkorlikda) asarida buyuk o’zbek shoiri va mutafakkiri Navoiy asarlaridagi zamon va makon, birlik va umumiylik, bilish nazariyasi kabi falsafiy mushohadalar talqin qilingan. “Bugungi kun va o’tgan kun” (1969) kitobidagi “O’zbekistan qalbi” (asosan Oybek haqida) maqolasida o’zbek adabiyoti va madaniyati yuksak baxrlangan. As: Abror Hidoyatov, M.— L., 1948; O’zbekistan qalbi: adabiy-tanqidiy maqolalar, T., 1983.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz