DEY
DEY (turkcha dayi, aynan — tog’a) — 1) Usmonli turk saltanatining yanichar qo’shinlarida zobitlik darajasi; 2) yanichar zobitlar kengashi tomonidan umrbod saylanadigan Jazoir hokimi (1671 yildan to 1830 yilgacha, ya’ni Jazoirni Frantsiya bosib olgunga qadar). Jazoirning so’nggi Deyi — Husayn (1818-30); 3) Tunisda Dey deb 1590-1705 yillarda vaqt-vaqti bilan mamlakatni idora etgan turk yanichar harbiy boshliqlari atalgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz