DEVXONA PLATOSI



DEVXONA PLATOSI – Qashqadaryo viloyatining Janubi-g’arbidagi plato. Sharq va shimoli-Sharqda qarshi cho’liga tutashgan. Mutlaq balandligi Janubda 340-354 metrdan shimolda 226-230 metrgacha. Do’ng qum (balandligi 1-2,5 metr), marzali qum shakllari (2-5 metr) mavjud. Qumli yerlarda uzunligi 400 metrdan 500 metrgacha, eni 170 metrdan 1000 metrgacha bo’lgan berk botiqlar bor. Ular asosan shamol ta’sirida vujudga kelgan, ba’zilarining tubi sho’rxokdan iborat. Devxona platosi zamini neogen (oqchag’il yarusi) davrining qumtosh, gil, qumlardan tashkil toptan, ular ustida to’rtlamchi davrning qalinligi 10-15 metrli qum va qumoqlari bor. Do’ng qumlarda juzg’un, cherkez, singren, shuvoq, qizboltir, yantoq, efemerlar tarqalgan. Qorako’l qo’ylari uchun yil bo’yi yaylov sifatida foydalaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz