Devori qiyomat
Devori qiyomat , Devori koʻndalang — arxeologik yodgorlik, qad. Samarqand va uning atrofidagi qishloqlarni uragan mudofaa devori harobasi (mil. av. 4—2-asrlar — mil. 8-asr). Samarqandning jan.da Dargʻom kanalining oʻng qirgʻogʻi boʻylab koʻtarma (bal. 4 m gacha, kengligi 12 m, uz. 50 m) shaklida saqlanib qolgan. D.q. harobasini V. L. Vyatkin tekshirgan (1903). 1936 yilda M. Ye. Masson Sharq geograflari maʼlumotlari bilan arxeologik qazish-malar natijalarini qiyoslagan. 1969 yilda Yu. F. Buryakov, M. M. Toshev arxeologik qazishmalar olib borgan. Oʻrta asr Sharq manbalarida yozilishicha, D.q.ning uz. 12 farsax (72 km), bal. 14 gaz (taxminan 10 m) boʻlib, tepasi kungurador burjlar bilan mustahkamlangan 12 darvozasi boʻlgan. Devorning eng chet nuqtalari sharqda Choʻponota tepaligining yon bagʻirlari, janubida Dargʻom kanaliga yaqin joy, gʻarbda Xeshrav qishlogʻi va shim.da Qunduz Soʻfi qishlogʻi boʻlgan.
Arxeologik tadqiqotlar natijasida D.q.ning ayrim qismlari turli davrlarda qurilganligi aniqlandi. Dastlab (mil.av.4-asr) D.q.ning shim. qismi paxsadan 2 qator qilib, oʻrtasi yoʻlaksimon xonalar shaklida qurilgan. Keyinchalik bu xonalarga murdalar koʻmilgan. Abu Muslim buyrugʻi bilan D.q. 752—753 yillarda jan.ga 7,5 farsax (45 km) davom ettirilib, yangi aholi zich yashaydigan hudud oʻrab olingan. U paxsa va xom gʻishtdan qurilgan. D.q.ning jan. qismi 1466 yildan boshlab Devori koʻndalang deb atalgan. 19-asrda esa Iskandar devori degan nom bilan ham yuritilgan. Bu devor D.q. deb 18-asrdan soʻng atala boshlagan.
Adabiyot
uz.wikipedia.org