DEVONOV SAN’AT SOLIHOVICH



DEVONOV SAN’AT SOLIHOVICH (1932.9.5, Xonqa tumani) — aktyor va rejissyor. O’zbekistan xalq artisti (1976). Toshkent davlat san’at institutini tugatgan (1973). Xorazm teatrida aktyor, rejissyor (1946-84), direktor (1963-67). 1984-86 yillar kinoaktyor studiyasining, 1986-87 yillar Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrining va 1987-93 yillar Hamza teatrining direktori. Harakat bilan nutqning rang-barang, musiqiy va ma’nodorligi, chuqur iztiroblar orqali qahramonning ichki dunyosini ocha bilish, chin muhabbat, insonparvarlik ifodalari Devonov ijodiga xos. Devonov teatrda 150 dan ortiq rol o’ynagan. Eng yaxshi rollari: askar (“Arshin mol olon”), Tohir (“Tohir va Zuhra”), Navoiy (“Navoiy Astrobodda”), Hamlet (“Xamlet”), Beruniy (“Abu Rayqon Beruniy”), Ibn Sino (“Ibn Sino”), Farib (“Oshiq G’arib”) va boshqalar. “O’liklar kechirmaydi” (O’. Umarbekov), “Onalar” (P. Tlegenov), “Layli va Majnun” (Xurshid) kabilar Devonov sahnalashtirgan muvaffaqiyatli spektakllaridan. Kinodagi asosiy rollari: Yo’lchi (“qutlug’qon”), Sharif (“Maftuningman”), Juma (“Qizilqum”), Abdug’aniboy (“Yulduzlar jamoli”), Rizayev (“uzoq-yaqin yillar”), karvonboshi (“Sevgi haqida afsona”), Amir Nasrullo (“Cho’loq darvish”) va boshqalar, shuningdek, telefilmlarda (“Shashmaqom”da xon, “Jaloliddin Manguberdi”da Muhammad shoh, “Xorazm afsonasi”da Ali, “diyonat”da Bo’riboev, “ilondan qo’rqmang”da Toshmatov va boshqalar) ham roller ijro etgan. “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan (2001).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz