Devonko‘l kollektori




Devonkoʻl kollektori - Xorazm viloyatidagi yirik kollektor. Uning 1-navbati 1953 yilda (uz. 38,6 km, suv sarfi 5,3 m3/s), 2-navbati 1957 yilda (uz. 39,7 km, suv sarfi 7,0 m3/s) qurilgan. 1967—74 yillarda rekonstruksiya qilinganidan keyin uz. 39,7 km, suv sarfi 13,2—23,0 m3/s ni tashkil etdi. Kollektor Xorazm viloyati Gurlan tumanida dehqonchilik qilinadigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, shoʻr va drenaj, tashlama suvlarni chiqarib yuborishga xizmat qiladi. D. k. suvlari Daryoliq kollektoriga quyiladi.

Adabiyot






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz