DEVONIY



DEVONIY (taxallusi; asl ismsharifi Muhammadkomil Ismoil Devon o’g’li) (1887, Xiva yaqinidagi Sangar qishlog’i — 1938, Toshkent) — shoir. Xivadagi Arabxon madrasasida ta’lim olgan, fors tili, xattotlik san’atini o’rgangan. Feruz saroyida birmuncha vaqt kotiblik qilgan. She’rlarida zamona nosozliklarini tanqid qilgan, ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari surgan (“afsus” radifli va boshqa she’rlari). Shoir ijodiga Tabibiy (“Majmuat ush-shuaro”) va Laffasiy (“Tazkirai shuaro”) lar yuqori baho berganlar. D.ning devonlari asl nusxalari O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. № 901, 906, 1142) va o’g’li Hamza Komilovning shaxsiy kutubxonasida saqlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz