Devoleena Bhattacharjee




Devoleena Bhattacharji (1985-yil 22-avgustda tugʻilgan) — hind televideniesi aktrisasi va Bharatanatyam raqqosi. U StarPlusning uzoq vaqtdan beri davom etayotgan mashhur Saath Nibhaana Saathiya serialidagi Gopi Modi rolini oʻynagani bilan tanilgan. U shuningdek Bigg Boss 13, Bigg Boss 14 va Bigg Boss 15 realiti-shoularida ishtirok etgan.

Yoshlik



Bhattacharji 1985-yil 22-avgustda Yuqori Assamda tugʻilgan. U Gurugramda onasi va ukasi bilan yashaydi.

U Sivasagar shahridagi Godhula Brown Memorial ingliz oʻrta maktabida taʼlim olgan. Oliy taʼlimni Hindistonning Nyu-Dehli shahridagi Milliy moda va texnologiya institutida olgan.

Karyera



Taʼlim olgan Bhattacharji dastlab Mumbaydagi Gili India Ltd.da zargarlik buyumlari dizayneri boʻlib ishlagan va u birinchi marta " Dance India Dance 2 " raqs realiti-serialida rol oʻynaganidan keyin eʼtiborga olingan.

2012-yil iyun oyida Bhattacharji Star Plus -ning Saath Nibhaana Saathiya serialidagi Gopi Ahem Modi roli uchun tasdiqlandi. 2013-yilda serialni suratga olish paytida olgan jarohati tufayli orqa miya operatsiyasini oʻtkazdi. Saath Nibhaana Saathiya seriali 2017-yil 23-iyulda yakunlandi.

Bhattacharji 2019-yil sentyabr oyining oxirgi haftasida boshlangan Bigg Boss realiti- shousining 13-mavsumida ishtirok eta boshladi. Biroq, ikki oy oʻtgach, 2019-yil noyabr oyida u sogʻligʻidagi muammolari sababli shouni tark etdi.

2020-yil avgust oyida Bhattacharji 2020-yil 19-oktyabrda efirga uzatila boshlangan Saath Nibhaana Saathiya 2 serialida Gopi Modi rolini qayta o'ynashini eʼlon qilidi. Oxirgi epizod 2020- yil 23-noyabrda efirga uzatilgan.

Filmografiya





Maxsus koʻrinishlar


Veb-seriya




Musiqa videolar




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz