DEVLET VLADIMIR PAVLOVICH



DEVLET VLADIMIR PAVLOVICH [1890.29. 9 (11.10), Tambov -1958.15.12, Toshkent] — opera xonandasi (bariton), O’zbekistan xalq artisti (1945). Dastlab Kiyev opera teatri sahnasida chiqqan (1917). 1920-35 yillarda Odessa, Tbilisi, Sverdlovsk, Vladivostok va boshqa shahar opera teatrlarida ishlagan. 1937 yildan Toshkent rus opera va balet teatri, 1948 yildan Navoiy nomidagi opera va balet teatri yakkaxoni. 1938 yildan Toshkent konservatoriyasida pedagog (1942 yildan dotsent). Ovozi keng diapazonli bo’lib, ijro uslubi yetuk vokal texnikasi bilan ajralib turadi. Onegin, Eleskiy (P. Chaykovskiy, “Yevgeniy Onegin”, “Qarg’a motkasi”), Knyaz Igor (A. Borodin, “Knyaz Igor”), Rigoletto, Jermon (J. Verdi, “Rigoletto”, “Traviata”), Tonio (R. Leonkavallo, “Masxarabozlar”), Eskamilo (J. Vize, “Karmen”) va boshqa partiyalarni ijro etgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz