Devkamar gʻori




Devkamar gʻori  — Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi gor. Sarimastogʻning janubiy yon bagʻrida, 1315 m balandlikda, togʻ etagidan nisbiy balandligi 160 m. Yura davriga mansub ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Kirish qismi ravoq shaklida, eni 20 m, balandligi 13 m gacha. Gʻor bir necha yoʻlak va xonalardan iborat boʻlib, ularning eni 5-10 m, balandligi 2-3 m. Sahni deyarli tekis, guano qatlami bilan qoplangan. Gʻor ogʻzi qismidagi ohaktosh yoriqlarida va gʻor toʻridagi shipida sizib chiqqan mumiyo izlarini koʻrish mumkin. Ichkarida uz. 6 m gacha, eni 1,5 m gacha va balandligi 0,7 m gacha boʻlgan har tomonga yoʻnalgan yoʻlakchalar mavjud. Gʻorning umumiy uz. 46 m, maydoni 423 m2, hajmi 2682 m3.



uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz