DEVISSON (DEYVISSON) (DAVISSON) KLINTON JOZEF



DEVISSON (DEYVISSON) (DAVISSON) KLINTON JOZEF (1881.22.10, Blumington — 1958.1.2, Sharlotsvill)— amerikalik fizik, AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi. Chikago (1908) va Prinston (1911) universitetlarini tugatgan. Ilmiy ishlari termoelektron va termoion emissiya, termoelektron mikroskop, issiqlik nurlanish, kristallar fizikasi, Borning atom nazariyasiga bag’ishlangan. Amerikalik fizik L. Jermer (1896— 1971) bilan hamkorlikda va J. P. Tomsondan mustaqil ravishda nikel monokristallida elektronlar difraktsiyasi hodisasini ochgan (D. va Jermer tajribasi, 1927) va L. de Broylvint materiyaning to’lqin xususiyati to’g’risidagi gipotezasini amadda tasdiqlagan. Nobel mukofoti laureati (J. P. Tomson bilan hamkorlikda, 1937).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz