Devid Mamford




David Bryant Mumford (talaffuzi: Devid Brayant Mamford) (1937-yil 11-iyunda tugʻilgan) — amerikalik matematik. U algebraik geometriya sohasidagi ishlari bilan tanilgan. Mumford 1974-yili Fields medali bilan, 2008-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan. Hozirda u Brown universitetining amaliy matematika boʻlimida professor boʻlib ishlaydi.

Mumfordning otasi amerikalik, onasi esa angliyalik boʻlgan. U Harvard universitetida oʻqigan. 1961-yilda Oscar Zariski rahbarligida „Har qanday egri chiziq uchun modullar fazosining mavjudligi“ (inglizcha: Existence of the Moduli Scheme for Curves of Any Genus) nomli dissertatsiyasini himoya qilgan.

Mumfordning asosiy ishi algebraik geometriya sohasiga tegishlidir. U Harvard maktabining anʼanalarini davom ettirib, eski anʼanalarni saqlagan holda Alexander Grothendieck fikrlaridan foydalangan.

Mumford 2012-yildan beri Amerika matematika jamiyatining aʼzosidir. U 1995-1998-yillarda Xalqaro matematika ittifoqining prezidenti boʻlgan.


uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz