Devid Kristal
Devid Kristal , OBE , FBA , FLSW , FCIL kabi ilmiy unvonlarga erishgan (1941-yil 6-iyulda tugʻilgan) — britaniyalik tilshunos, akademik va yozuvchi.
Oilasi
Kristal 1941-yil 6-iyulda Shimoliy Irlandiyaning Lisbern shahrida onasi Blits paytida evakuatsiya qilinganidan keyin tugʻilgan. U bir yoshga to'lmasdan, ota-onasi ajralishdi. U bolalik paytlarida otasidan uzoqda yashadi va otasi haqidagi ma'lumotlardan bexabar edi, lekin keyinchalik (ishidagi tanishlari va o'gay akasi orqali) Londondagi doktor Samuel Kristalning hayoti va faoliyati, bundan tashqari uning yarim yahudiy merosi haqida bilib oldi. U onasi bilan Shimoliy Uelsning Xolihed va Angliyaning Liverpul shaharlarida o'sgan va u erda 1951-yildan Sent-Meri kollejida o'qigan Kristal Rim-katolik dinidadir .
Hozirda u sobiq nutq terapevti bo'lgan, hozirda esa bolalar adabiyoti yozuvchisi boʻlgan rafiqasi Xilari bilan Xolihedda yashaydi. Uning toʻrt nafar voyaga yetgan farzandi bor. Uning o'g'li Ben Kristal ham yozuvchi bo'lib, otasi bilan birga to'rtta kitob yozgan.
Karyera
Kristal 1959-1962 yillarda London Universitet kollejida ingliz tilini mutaxassisligida o'qigan va 1962-1963 yillarda Rendolf Kvirk qo'l ostida tadqiqotchi sifatida, Ingliz tilidan foydalanish bo'yicha tadqiqot ustida ishlagan. O'shandan beri u Bangor universiteti va "Reading" nomli universitetda ma'ruzalar o'qigan va Bangorda tilshunoslik bo'yicha faxriy professor hisoblanadi. Akademiyadan asosiy ishchi sifatida nafaqaga chiqqach, u yozuvchi, muharrir va maslahatchi boʻlib ishlaydi, shu orqali televideniye va radioeshittirishlarga hissa qoʻshadi. Uning Bi-bi-si bilan aloqasi juda keng. Ya'ni dastlab BBC Radio 4 -ning til masalalariga bag'ishlangan seriyasida hamkorlikni boshlagan bo'lsa, hozirgi kunda esa yaqinda tashkil qilingan ingliz tilini o'rganayotganlar uchun BBC Jahon Xizmati veb-saytidagi podkastlarda ham ishtirok etadi.
Kristal 1995-yilda OBE (Britaniya Imperiyasi Ordeni) bilan taqdirlangan va 2000-yilda Britaniya akademiyasining a'zosi bo'lgan U, shuningdek , Uels Ta'lim jamiyati asoschisi va Uyushgan Tilshunoslar Institutining a'zosi hisoblanadi. Uning ko'plab ilmiy qiziqishlari sirasiga ingliz tilini o'rganish va o'qitish, klinik tilshunoslik, sud-tibbiy tilshunoslik, til o'limi (tilni muomaladan chiqishi), "ludik lingvistika" (til o'yinini o'rganish uchun Kristalning fanga kiritgan neologizmi), uslub, ingliz janri, Shekspir, indekslash va leksikografiya kiradi . U chet tili sifatida ingliz tili oʻqituvchilari xalqaro assotsiatsiyasining (IATEFL) homiysi, Chartered Institute of Editing and Proofreading (CIEP) faxriy prezidenti va Buyuk Britaniya Milliy Savodxonlik Assotsiatsiyasi homiysi. bundan tashqari u Babel - tilga bag'ishlangan jurnal uchun maslahatchi bo'lib, u uchun maqolalar ham yozib turadi.
Ish
Kristal turli mavzularda 120 dan ortiq kitoblarning muallifi, hammuallifi va tahrirchisi hisoblanadi. Shuningdek u manbalarni tahrirlash bo'yicha ham ish olib borgan. Ular orasida taniqlilari: (muallif sifatida) Kembrij entsiklopediyasi (1987, 1997, 2010) va Kembrij entsiklopediyasi . Ingliz tili (1995, 2003, 2019) va (muharrir sifatida) Kembrij biografik lug'ati, Kembrij fakt topuvchisi, Kembrij entsiklopediyasi va Yangi pingvin ensiklopediyasi (2003). Bundan tashqari , u pyesalar va she'rlar yozgan. U kitobxonlar uchun tilshunoslik va ingliz tiliga oid bir nechta kitoblarni nashr etdi, bu kitoblarning muvaffaqiyati shundaki ularda texnik materiallarni qulay tarzda etkazish uchun turli xil grafikalar va qisqa insholardan foydalanilgan. Kristal o'zining "Standart ingliz tili nima" nomli maqolasida yozishicha global miqyosda ingliz tili ikkiga bo'linadi va ular bir-biri bilan birlashadi, mahalliy shevalarda so'zlashuvchilar bir-birini tushunishlari vaqt o'tgani sari nisbatan qiyin bo'lib qoladi va shuning uchun u Jahon standartiga mos og'zaki ingliz tili deb ataydigan atamani muhumligini aytib o'tadi (shuningdek, Xalqaro ingliz tiliga qarang).
O'zining 2004-yilda nashr etilgan ingliz tilining umumiy tarixi haqida hikoya qiladigan "Ingliz tilining hikoyalari" kitobida u til xilma-xilligi va odatda "nostandart" deb hisoblangan ingliz tilining navlariga nisbatan paydo bo'lgan muhimlilikni tasvirlaydi. 2009-yilda u o'zining avtobiografik memuarini 'Routledge' nashriyoti tomonidan nashr etdi va uni"Just a Phrase I'm Going Through: My Life in Language" deb nomladi. Bu uning uchta ma'ruzasi jamlangan kitob bo'lib, kitobning DVD shakli bilan bir vaqtda chiqarilgan. Uning “ Spell It Out: The Curious, Enthralling and Extraordinary Story of English Spelling” (2013) nomli kitobida ingliz tilidagi ba’zi soʻzlarni talaffuz qilish nima uchun qiyinligi tushuntirilgan. Uning mantiqiy davomi bo'lgan kitobi “Makking a Point: The Pernickety Story of English Punctuation ” 2015-yilda 'Profile Books' (Buyuk Britaniya) va 'St. Martin’s Press' (AQSh) nashrlarida chop etilgan.
Kristalning hozirgi kundagi yangi tadqiqot sohasi - Internet tilshunosligi bo'lib, bu mavzu bo'yicha "Til va Internet" (2001) nomli kitobni nashr etdi. Crystalning Txtng: The Gr8 Db8 (2008) kitobi matn tili va uning jamiyatga ko'rsatadigan ta'siriga qaratilgan.
2001-yildan 2006-yilgacha Kristal "Crystal Reference Systems Limited" kompaniyasi raisi bo'lib ishlagan, bu kompaniya esa manba kontenti, Internet qidiruvi va reklama texnologiyalari ta'minotchisi sifatida faoliyat olib boradi.. Kompaniyaning iSense va Sitescreen mahsulotlari patentlangan Global Data Modeliga asoslangan bo'lib, Kristal 1980-yillarning boshida ishlab chiqqan va 1990-yillarning oʻrtalarida Internetda foydalanish uchun moslashtirilgan murakkab semantik tarmoq boʻlgan . Bularga semantik maqsad texnologiyasi ('Add pepper media' (online marketing kompaniyasi) tomonidan iSense sifatida sotuvga olib chiqilgan) va brendni himoya qilish texnologiyasi ('Emediate ApS' tomonidan SiteScreen sifatida sotiladi) kiradi. iSense texnologiyasi Buyuk Britaniya va Qo'shma Shtatlarda patent borasida kun mavzusi hisoblanadi. Kompaniya Ad Pepper Media NV tomonidan sotib olinganidan so'ng ham, u 2009-yilgacha kompaniyaning ilmiy-tadqiqot ishlari bo'yicha direktori lavozimida ishladi
Kristal Holyhead monastirini vayron bo'lishdan qutqarish namoyishida muvaffaqiyatli qatnashib, Ucheldre markazining yaratilishiga sabab bo'ldi.
Shekspir asarlari bilan bog'liqlik
Ingliz tilining evolyutsiyasi bo'yicha mutaxassis sifatida u 2004 va 2005 yillarda Shakespeare's Globe(teatr) Shekspir spektaklini yaratishda ishtirok etgan, sababi o'sha paytda u Shekspir davridagi talaffuzga asoslangan " Asl talaffuz " nomli kitob ustida ishlayotgan edi va o'sha orqali aktyorlarga tegishli talaffuzni o'rgatgan. O'sha vaqtdan beri OPda ijro etilgan bir qancha boshqa Shekspir pyesalari, jumladan, "Yoz oqshomidagi tush", " Gamlet ", " Makbet ", " Perikl ", "Venetsiyalik savdogar" va " Genri V " kabi sahna asarlarida maslahatchi bo'lgan.
Bibliografiya
Kitoblar
Malumot ishlari
Tanqidiy tadqiqotlar va sharhlar
Manbalar
uz.wikipedia.org