DEVASTATSIYA
DEVASTATSIYA (lotincha devastatio — qirish) — odam, hayvon va o’simliklarda uchraydigan yuqumli va invazion kasalliklarning qo’zg’atuvchilarini (ularning hamma rivojlanish davrida) qirib tashlashga, yo’qotishga qaratilgan kompleks choratadbirlar majmui. Devastatsiya usullariga degelmintizasiya, kimyoterapiya, bakteriofagiya, dezinfektsiya, dezinvaziya va boshqalar kiradi. Buning uchun shu kasallik qo’zg’atuvchisiga nisbatan noqulay bo’lgan (ichki va tashki) muhit, shuningdek, mexanik, fizik, kimyoviy va biologik usullardan foydalaniladi. Devastatsiya to’la (Total) yoki qisman bo’lishi mumkin.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz