DEVASHTICH



DEVASHTICH, Divashti, Divasti — So’g’dning muhim viloyatlaridan biri bo’lgan Panch (Panjikent) hokimi (708-722), qo’zg’olon rahbari. So’g’d podshosi Tarxunning bolalariga homiylik qilgan. Devashtich Samarqand taxtiga o’tirgan G’urakpn tan olmagan, taxtning qonuniy vorisi — Tarxunning kichik yoshli o’g’li nomidan o’zini So’g’d podshosi deb e’lon qilgan. So’g’dda qo’sh hokimiyatchilik vujudga kelgan. 719-722 yillar Arab istilosiga qarshi qo’zg’olonda Devashtichning o’rni katta. Devashtich So’g’d Choch-Farg’ona harbiy ittifoqini tuzishga harakat qilgan. Devashtichning shu maqsadda elchi orqali Chochga yuborgan maktubi, Choch elchisining esa Devashtichga yozgan maktubi bizgacha yetib kelgan. Devashtich usta diplomat sifatida arablar (Xuroson noibi) bilan ham yozishmalar olib borgan. Arablar Devashtich qo’zg’olonini bostirish chog’ida Mug’ qal’asit yashirinib yotgan Devashtichni xiyonatkorona ravishda asir olishib, Rabinjon yaqinidagi zardushtiylar qabristonida (xochga tortib) qatl qilishgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz