Dev nima o’zi?



Eronzabon xalqlarning asotiriyasi va folkloridagi yovuz ruhlar dev yoxud div deb ataladi. Har xil xalqlar: tojiklar, gurjilar, dog’istonliklar, armanilarning, shuningdek butun turkiy tilli Sharqning folklorida dev timsoli keng tarqalgan. Odatda devning basharasi yetarli darajada qo’rqinchli: bu, tanasi dag’al tuk bilan qoplangan, oyoq-qo’llaridagi tirnoqlari o’tkir, so’yloq tishli katta dahanga ega ro’dapo. Ko’pincha devning ikkita, uchta va hatto yettita boshi bo’ladi. Dev kishilar oyog’i yetmagan yovvoyi va chiqish qiyin bo’lgan g’orlarda yoki kamarlarda (devgohlarda), shuning yer ostida kun kechiradi. Devlarning yerosti ilohlari bilan ayniylashtirilishi yer ostidagi xazinalarning qo’riqbonlari haqidagi tasavvurlarning ham ularga bog’lanishiga olib keldi. Ertaklar va rivoyatlarda dev odatda salbiy personaj hisoblanadi, keyinchalik bahodir qahramonlar tomonidan ozod etiladigan sohibjamollarni o’g’irlab ketadi. Dev timsolining nafaqat odamlar, qolaversa boshqa maxluqotlarga qarshi kurashadigan zulmpesha va mustabidning sinonimi bo’lishi ham bejiz emaski, masalan, gurji rivoyatlarining qahramoni Kremen devning murosasiz raqibi sifatida namoyon bo’ladi. Devlarning qahramonlarga mushkulotlarni yengib o’tishda, shuningdek qal’alar va shaharlar qurishda yordam beradigan ijobiy qahramon sifatidagi timsoli qadimdan-qadim zamonlarga borib taqaladi.


Manba



Mo’jiza kitobning 3-jildi


Uzpedia.uz