DEV INSHOOTLARI



DEV INSHOOTLARI – bahaybat tosh bo’laklaridan bog’lovchi qorishma (tsement, ohak) ishlatmay qurilgan inshootlar. Yunonlar Miken davri (miloddan avvalgi 2-ming yillik) da qurilgan shunday inshootlarni afsonaviy devlar (tsikloplar) bunyod etgan deb shu nom bilan atashgan. Dunyoning juda ko’p hududlarida Dev inshootlarining qoldiqlari uchraydi. Arxeologiya va arxitektura tarixida Dev inshootlari atamasi megalitik (katta toshlardan ishlangan) diniy inshootlar tushunchasi bilan ko’p jihatdan birlashib ketgan. Eng qadimgi Dev inshootlari (asosan, mudofaa va ibodatxona binolari) eneolit davri (miloddan avvalgi 3-ming yillik) ga, eng so’nggilari (qasrlar, qal’alar) esa ilk o’rta aerga oid. MDH hududida Dev inshootlari qoldiqlari Zakavkaze (xususan, Urartu davlatining ayrim qal’alari), Qrim, Tojikiston, Sibirda uchraydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz