DETRIT
DETRIT (lotincha detritus — ezilgan) — suv havzasi tubiga cho’kadigan, suv yoki tuprokdagi mayda organik zarrachalar. Detrit tarkibiga qayvon, o’simlik va zamburug’larning chirigan qoldiqlari bilan birga bakteriyalar ham kiradi. Detrit organik moddalarning davra bo’ylab aylanishi (detrik oziq zanjiri)da muhim aqamiyatga ega, ko’pchilik pelagik va suv tubida yashovchi hayvonlar — filtrlovchi va detritofaglar uchun oziq bo’ladi. Ba’zan suvda muallaqturadigan barcha organik va anorganik zarralar Detrit deyiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz