Detektiv adabiyot
Detektiv adabiyot — jinoyatlarni ochish jarayoni tasvirlangan hikoya, qissa, romanlar. Bu janr asoschisi E. Po ("Morg koʻchasidagi qotillik",1841; va b. novellalar). D.a. mumtoz asarlarida jinoyatning ochilishi mantiqiy asosda tasvirlanadi (A. K. Doil, K. G. Chesterton, E. Gaborio, A. Kristi, R. Staut). Janrning keyingi taraqqiyoti D.a.da ijtimoiy-ruhiy motivlarning paydo boʻlishi (J. Simenon, Matsumoto Seytyo), qonun himoyachilarining jinoyatchilar dunyosi bilan bevosita ku-rashi tasvirlangan turli-tuman D.a. paydo boʻlishi (D. Hammett, R. T. Chand-ler va b.) bilan bogʻliq. Soʻnggi yarim asrda oʻzbek adabiyotida ham D.a. namunalari yaratilmoqda. (Shuhrat, "Bir kecha fojiasi"; Oʻ. Umarbekov, "Yoz yomgʻiri"; O. Muxtor, "Moʻʼjiza"; Tohir Malik, "Shaytanat" va b.)
Adabiyot
uz.wikipedia.org