DETEKTIV ADABIYOT



DETEKTIV ADABIYOT — jinoyatlarni ochish jarayoni tasvirlangan hikoya, qissa, romanlar. Bu janr asoschisi E. Po (“Morg ko’chasidagi qotillik”,1841; va boshqa novellalar). Detektiv adabiyot mumtoz asarlarida jinoyatning ochilishi mantiqiy asosda tasvirlanadi (A. K. Doil, K. G. Chesterton, E. Gaborio, A. Kristi, R. Staut). Janrning keyingi taraqqiyoti Detektiv adabiyotda ijtimoiy-ruhiy motivlarning paydo bo’lishi (J. Simenon, Masumoto Seytyo), qonun himoyachilarining jinoyatchilar dunyosi bilan bevosita kurashi tasvirlangan turli-tuman Detektiv adabiyot paydo bo’lishi (D. Xammett, R. T. Chandler va boshqalar) bilan bog’liq. So’nggi yarim asrda o’zbek adabiyotida ham Detektiv adabiyot namunalari yaratilmoqda. (Shuhrat, “Bir kecha fojiasi”; O’. Umarbekov, “Yoz yomg’iri”; O. Muxtor, “Mo”jiza”; Tohir Malik, “Shaytanat” va boshqalar).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz